Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 8-may kuni Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida yashagan A.Sh. Nexia rusumli avtomashinasini M-39 “Toshkent-Termiz” yo‘lining 953-km.da haydab ketayotib uxlab qolgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar beradi.
Buning oqibatida, yo‘lning chetida to‘xtab turgan, Toshkent viloyatida yashovchi Sh.B. boshqaruvidagi MAN yuk avtomashinasining tirkamasiga urilib to‘qnashuv sodir etgan. Natijada Nexia avtomashinasi haydovchisi A.Sh. va uning yo‘lovchisi E.X. jarohat olib voqea joyida, qolgan ikki yo‘lovchilar jarohat olib kasalxonaga keltirilganlarida vafot etgan.
Shuningdek, yana bir yo‘lovchi R.O. kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)