Rossiyaning Belogorsk shahridagi “Taygan” safari-bog‘ida o‘n yoshli Vasilisa laqabli Amur yo‘lbarsi uchta erkak va bitta urg‘ochi bolani dunyoga keltirdi. “RIA Novosti” ona yo‘lbars va uning bolalari aks etgan videoni taqdim etdi.
https://www.facebook.com/rianru/videos/10156723027034271/
Amur yo‘lbarsi sayyoradagi eng kamyob yirtqichlardan biri hisoblanib, Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. U Rossiyaning janubi-sharqidagi qo‘riqlanadigan hududlarda, Amur va Ussuri daryolari qirg‘oqlarida yashaydi.
Izoh (0)