Rossiyaning “Nordavia” aviakompaniyasi samolyotida Sankt-Peterburgdan Arxangelskka uchayotgan yo‘lovchilar samolyotning saloni “yirtilib ketganidan” shikoyat qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Qo‘nish chog‘ida laynerning salonida ichki qoplama ochilib ketgan. Guvohlar tomonidan olingan videoda plastik qoplama ostidagi simlar ko‘ringan.
Yo‘lovchilar samolyotning germetik qoplamasi ochilib ketishidan qo‘rqqan, biroq ekipaj hech narsadan qo‘rqish kerak emasligini tushuntirgan.
Izoh (0)