AQShning Kolorado shtatida yashovchi Kristal Tedlok samolyotdan olma olib chiqqani uchun 500 dollar jarimaga tortildi. Mevalar Delta aviakompaniyasining reysida tarqatilgan, biroq ayol mevani o‘zi bilan samolyotdan olib chiqqan, bu esa AQSh bojxona qoidalari bilan taqiqlangan. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Tedlok bort kuzatuvchisidan muhrlangan paketdagi olmani olganda Parijdan Denverga qaytayotgan edi. Uning qorni och bo‘lmagan va olmani Koloradoga uchadigan reysda yeyishga qaror qilgan.
Aeroportda uni bojxona xodimi to‘xtatib, tekshiruvdan o‘tkazgan va 500 dollar jarimaga tortgan. Shuningdek, ayolning tekshiruvdan tez o‘tish imkonini beruvchi Global Entry statusi ham bekor qilingan.
Izoh (0)