AQShning Kolorado shtatidagi Grand-Jankshen shahrida yashovchi 20 yoshli Dilan Makvilyamsning oyog‘idan 19-aprel kuni yo‘lbars akula tishlab oldi. Hodisa Gavayida yuz bergan. Yigit u yerga dam olish uchun borib, syorfing taxtasida uchayotgan edi, deb yozadi TJournal.
Shundan so‘ng u qirg‘oqqa chiqib, shifokorlardan yordam olgan va boshqalarni akula haqida ogohlantirgan.
2017-yilning yozida Koloradodagi oromgohda omon qolish ko‘nikmalarini o‘qitish bo‘yicha murabbiy bo‘lib ishlagan. Tunda uning chodiriga 150 kilogrammli ayiq bostirib kirgan.
2015-yilda esa Yuta shtatiga sayohat vaqtida yigitni shaqildoq ilon chaqib olgan. Shundan so‘ng u ikki kunni kasalxonada o‘tkazishga majbur bo‘lgan.
Izoh (0)