• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda soliq islohotidan so‘ng maosh kamayib, daromad solig‘i stavkasi ko‘payadimi?

    O‘zbekistonda bugungi kunda soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi bugungi kunda qizg‘in muhokama qilinmoqda. Ko‘pchilikni ish haqidan olinadigan daromad solig‘i bilan bog‘liq o‘zgarishlar qiziqtirayotgani tabiiy hol. Iqtisodchi Hamza Sariyev O‘zA sahifalarida bunga munosabat bildirgan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Shu yilning 7-aprel kuni “Kun.uz” saytida Qahramon Aslanovning “Oyligimning qolgani qani? Yangi soliq tizimi maoshga qanday ta’sir qiladi?” sarlavhali tahliliy maqolasi e’lon qilindi. Mutaxassis sifatida muallifning fikrlari va hisob-kitoblarini jo‘yali deb hisoblayman. Muallif aytganidek “hisob-kitoblar biroz umumiy taqdim etilmoqda”.

    Ko‘pchiligimiz yagona soliq stavkasini 25 foiz qilib belgilash taklifi bildirilayotganidan xabardormiz, xolos. Agar yangi soliq konsepsiyasida Qahramon Aslanov tahlilidagi tartib-taomil nazarda tutilayotgan bo‘lsa, uning fikrlarini ma’qullaymiz.

    Oradan ikki kun o‘tib, 9-aprelda “Xabar.uz” axborot-tahliliy portalida Mansur Tangishevning “Oyligingiz kamaymaydi. Yangi soliq tizimi maoshga ijobiy ta’sir qiladi” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi. Qahramon Aslanov mushohadalariga javob tarzida berilgan ushbu maqolada muallif oyliklarning kamaymasligini, yangi konsepsiya ijobiy o‘zgarishlarga asos bo‘lishini ta’kidlaydi. Mualliflar o‘rtasida hakamlik qilmoqchi emasman. Biroq Tangishevning ish beruvchi (korxona) to‘laydigan YaIT bilan ishchining daromad solig‘ini aralashtirib yuborganligi tushunarsiz holat.

    “Maksimal salbiy natija sifatida oylik oshmasligi mumkin xolos, biroq bu ham haqiqatdan ancha yiroq. Chunki oylik oshirilishi bozordagi umumiy narxlar tendensiyasiga ko‘ra amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora. Bu muallifning oyliklar kamayishi haqidagi fikrlari to‘g‘ri emasligini bildiradi”, deb yozadi M.Tangishev.

    Islohot yangilash, yaxshilash, degani. Men islohotni jamiyatdagi muayyan xastalikni davolovchi shifokorlarga o‘xshataman. Pul, vaqt sarflab shifoxonada yotsag-u, u yerdan tuzalmasdan chiqsak kim aybdor bo‘ladi, shifokormi? Shunday ekan, islohot albatta yaxshilikka xizmat qilishi shart.

    Umuman olganda, ikki muallifning ham mutaxassis sifatidagi fikrlari to‘g‘ri. Lekin gap oylik maoshning miqdori haqida ketayotgani yo‘q. Maqsad – soliq stavkasini pasaytirish.

    Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Bekzod Musayevning “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, soliq tizimini isloh qilish bo‘yicha Prezident tomonidan belgilangan asosiy vazifalar quyidagilar:

    1. Soliqlarni soddalashtirish;

    2. Soliqlarning sonini qisqartirish;

    3. Soliq stavkalarini pasaytirish.

    Islohotlarni qo‘llash uchun ilg‘or xorijiy davlatlar, Janubiy Koreya, MDH davlatlari tajribasi bilan tanishish, ma’qul bo‘lgan qismlarini qo‘llash nazarda tutilgan.

    B.Musayevning ta’kidlashicha, daromad solig‘i bo‘yicha YaIT (25  foiz) va daromad solig‘i (shkala bo‘yicha) birlashtirilib, 25 foiz miqdorida xodimdan ushlash taklif qilingan. Ya’ni, YaIT (25 foiz) va shkala bo‘yicha 22,5 foiz+8 foiz pensiya fondiga jami taxminan 52 foizli soliqni 25 foizga kamaytirildi, degan xulosa qilinadi. Bu qanchalik to‘g‘ri ekanini tushunish oson bo‘lishi uchun, aniq misollarda ko‘rib chiqamiz.

    Amaldagi soliqqa tortish tizimida: 

    Aytaylik, “Alfa” kompaniyasi xodimga 1 million so‘m ish haqi hisobladi. O‘sha paytda 250 ming so‘m YaIT hisoblanadi. Bu kompaniya tomonidan to‘lanadigan to‘lov. Xodimdan 74 ming 574 so‘m daromad solig‘i, 80 ming so‘m pensiya fondiga, jami 154 ming 574 so‘m ushlab qolinadi. Xodim qo‘liga 845 ming 426 so‘m oladi. Boshqacha aytganda, hisoblangan ish haqining 15,5 foizi ushlab qolinadi.

    Yangicha soliqqa tortish tizimida: 

    Xuddi o‘sha kompaniya xodimga 1 million so‘m ish haqi hisobladi. Xodimdan 25 foiz yagona soliq, ya’ni, 250 ming so‘m undiriladi va u qo‘liga 750 ming so‘m oladi. Agar boshqacha tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, 95 ming 426 so‘m (9,5 foiz) ko‘proq ushlab qolinadi. Xulosa qilish esa o‘zingizdan.

    “NTV” gazetasining bosh muharriri Mixail Perper: “Ekspertlarning fikricha, amalda bu soliq xodim va biznes o‘rtasida ikkiga bo‘linadi – tegishincha 10 va 15 foiz bo‘lib”, degan fikr bildirgan. Agar shunday bo‘lsa, nega bu konsepsiya loyihasida aks ettirilmagan? Mexanizmi to‘g‘risida hech narsa bilmaymiz. Soliq konsepsiyasining e’lon qilingan loyihasida aynan qanday variant taklif qilinayotganini bilish imkoni yo‘q. Shuning uchun hozircha qat’iy fikr bildira olmaymiz. Konsepsiya mualliflari ushbu masalada aniqlik kiritib, ma’lumot berishsa, ayni muddao bo‘lar edi.

    Ma’lumot uchun, qo‘shni davlatlar tajribasiga qaraydigan bo‘lsak, Rossiyada 12 foiz + (1 foiz pensiya fondiga), Qozog‘istonda daromad solig‘i 9,5 foiz, YaIT 3,5 foiz, Qirg‘izistonda 10 foiz, Gruziyada 20 foiz, Belarusda 13 foiz daromad solig‘i ushlanadi.

    13.04.2018, 21:06   Izoh (0)   33818
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyevga Sirdaryodagi sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyish etildi

    13.04.2018, 20:47

    Rossiyada bloklangan Telegram, Yevroittifoqdagi 14 ming o‘zbekistonlik, sifatsiz yo‘llarni tanqid qilgan Mirziyoyev va kunning boshqa muhim xabarlari

    13.04.2018, 20:25

    YuNESKOning “O‘rta Osiyoda o‘qituvchilar bilan barqaror rivojlanish” loyihasi ishtirokchilari O‘zbek tili va adabiyoti universitetiga tashrif buyurdi

    13.04.2018, 18:45

    O‘zbekistondagi “Ayollar maslahat markazlari”ning ishonch telefonlari ish boshladi

    13.04.2018, 17:26

    Toshkentda yuz bergan YTHda haydovchi va uning 2 yo‘lovchisi halok bo‘ldi

    13.04.2018, 17:14

    Shavkat Mirziyoyev Gulistondagi “Bilimdonlar” maskanida bir guruh ijodkorlar bilan muloqot qildi

    13.04.2018, 16:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreyada jinoyatchilikni kamaytirish uchun golografik politsiyachi paydo bo‘ldi

    Dunyo | 16 avgust, 12:35

    Ueyn Runi Angliya Premyer Ligasi favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi

    Sport | 16 avgust, 12:00

    Rossiya o‘rmonida boshiga qop kiydirilgan holda o‘g‘irlangan o‘zbekistonlik oshpaz topildi

    Dunyo | 16 avgust, 11:59

    Yangi Porsche, brilliant va qimmatbaho liboslar: Krishtianu Ronaldu Jorjinaga 366 ming dollarlik sovg‘alar xarid qildi

    Layfstayl | 16 avgust, 11:42

    Aliment to‘lamay qamalgan otaning qarindoshlari MIB xodimlari bilan janjallashdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:20

    “Zakovat” bo‘yicha III Osiyo ochiq chempionati Bishkekda start oldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:01

    Tramp: “Zelenskiyga maslahat — kelishuv tuzish”

    Dunyo | 16 avgust, 10:59

    Toshkentda spirtli ichimliklar do‘koni oldida janjal yuzaga keldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 10:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.