Toshkent shahar Bektemir tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi uch kishining umriga zomin bo‘ldi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Hodisa 11-apreldan 12-aprelga o‘tar kechasi yuz berdi. Husayn Boyqaro ko‘chasida harakatlanayotgan Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga borib urildi va ariq ichiga tushib ketdi.
Avtohalokat oqibatida Cobalt’ning 1992-yilda tug‘ilgan haydovchisi va uning 33 yoshli erkak va 27 yoshli ayol yo‘lovchisi hodisa joyida halok bo‘lgan.
Yana uch nafar yo‘lovchi: 1998-yilda tug‘ilgan ikki yigit va 1996-yilda tug‘ilgan qiz og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda mudhish YTH sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)