Kamerun va Nigeriyada o‘tkazilgan hamkorlikdagi harbiy operatsiyalar davomida “Boko Xaram” radikal guruhi asirligidan kamida 1130 nafar tinch aholi vakili ozod etildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Chad ko‘li hududida o‘tkazilgan operatsiyalar paytida esa radikal guruhga aloqadorlikda gumon qilingan 37 nafar jangarilar yo‘q qilindi. Shuningdek, terrorchilarning bir nechta lageri portlatilgan, ularga tegishli qurollar musodara qilingan. To‘rtta qo‘lbola bomba zararsizlantirilgan.
Nigeriyada faoliyat yurituvchi “Boko Xaram” radikal guruhi ta’limning g‘arb modeliga qarshi chiqadi va butun mamlakat bo‘ylab shariat joriy etilishini yoqlaydi.
Huquq-tartibot organlari ma’lumotlariga ko‘ra, “Boko Xaram” bilan bog‘liq zo‘ravonlik aksiyalarida sakkiz yil ichida 20 mingga yaqin kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)