Koinotdagi urush bir necha yillardan keyinoq boshlanadi, shu sababli amerikaliklar fazoda ustunlikka erishishi kerak. Bu haqda AQSh harbiy-havo kuchlari shtab boshlig‘i Devid Goldfeyn aytib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Bir necha yildan keyin biz koinotdan zarba berishni boshlaymiz, deb o‘ylayman. Va biz (harbiy-havo kuchlari) ushbu yangi bahsli hududdagi qo‘shma jangovar harakatlarni boshqarishi kerak bo‘lgan qo‘shinlarmiz”, — dedi Goldfeyn.
Amerika harbiy-havo kuchlarining kosmik dasturlarga qaratilgan budjeti bu yil 7,75 milliard dollarga teng bo‘lib, bu o‘tgan yilgi budjetdan 20 foizga ko‘proq demakdir. 2019-yilda ushbu mablag‘ni 8,5 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)