AQSH poytaxtida Rossiya elchixonasi qarshisidagi maydonga rasman Boris Nemsov nomi berildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bunga bag‘ishlangan marosim 27-fevral, seshanba kuni, siyosatchi o‘ldirilganiga 3 yil to‘lgan kuni o‘tkazildi.
Unda AQSH kongressi a’zolari, Davlat departamenti, Vashington ma’muriyati va qonunchilik yig‘ini, OAV vakillari, shuningdek, Nemsovning qizi Janna ishtirok etdi.
Mazkur maydonni qayta nomlash haqidagi qarorni oldinroq Vashington shahar kengashi qabul qilgandi. Mahalliy rasmiylar ushbu qarorni “shahar demokratiyani qo‘llab-quvatlashi ramzi” deya izohladi.
Izoh (0)