21-fevral kuni noma’lum shaxs AQShning Chernogoriya poytaxti Podgoritsada joylashgan elchixonasiga portlovchi qurilmani otib ketgan. Shundan so‘ng u o‘zini ham portlatib yuborgan. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum 21-fevral, chorshanba kuni yarim tunda amalga oshirilgan.
AQShning Chernogoriyadagi elchixonasi o‘z fuqarolariga diplomatik vakolatxona hududiga yaqinlashmaslikni tavsiya qildi. “Elchixona hududiga yaqinlashmanglar”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)