AQSh aholisi 17 kishi halok bo‘lgan Florida maktabidagi otishmadan so‘ng politsiyaga qurolini topshirmoqda yoki yo‘q qilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
KTVB telekanali Aydaxo shtatidagi Boyse shahri fuqarosi politsiyaga 3 ta qurol topshirganini ma’lum qildi. U politsiyaga kelganida huquq-tartibot xodimlari topshirilgan qurol yo‘q qilinishini bildirdi.
KMOV telekanaliga ko‘ra, Florida fuqarosi politsiyaga o‘zining AR-57 karabinini keltirdi.
Nyu-York fuqarosi AR-15 vintovkasini arralab tashlayotgani aks etgan video ham e’lon qildi.
OAV bu aksiyaning tashabbuskori kim bo‘lgani haqida turlicha fikr bildirmoqda, biroq qurolga egalik qilish man etilishi tarafdorlari soni ortib borayotgani yakdil ta’kidladi.
Izoh (0)