Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yarim yilga rasman uzaytiradi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Tuzilma qoshidagi kengashga a’zo davlatlar vakillari 21-fevral, chorshanba kuni tegishli qaror qabul qildi.
Gap Rossiya, Qrim va ayirmachilar arboblari bo‘lgan 150 nafar shaxs haqida ketmoqda. Ularga nisbatan viza taqiqlangan va Yevroittifoq hududidagi aktivlari blokirovka qilingan.
Shuningdek, Rossiyaning 38 kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar ham uzaytirildi.
Izoh (0)