Toshkent savdo markazlarida Vertu firmasining Bentley avtomobil kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratgan Signature Touch For Bentley smartfoni sotuvga chiqdi. Ta’kidlash kerakki, qurilma 2016-yilda namoyish etilgan va o‘sha vaqtda uning narxi 9 ming dollarni tashkil etgan, deb xabar berdi “Mobinfo.uz”.
Mazkur smartfon Android 5,1 platformasida ishlaydi. Qurilmaning korpusi Vertu uchun an’anaviy bo‘lgan yuqori mustahkamlikka ega titandan ishlangan bo‘lib, ustiga charm va boshqa qimmatbaho materiallar qoplangan. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, yangi qurilma — Vertu tarixida ishlab chiqarilgan eng yaxshi smartfon hisoblanadi. Unga Qualcomm Snapdragon 810 protsessori o‘rnatilgan, tezkor xotirasi 4 gigabaytni tashkil etadi. Akkumulyator sig‘imi 3160 mA/soatni teng bo‘lib, ma’lumotlarni saqlash uchun 64 gigabayt ichki xotiraga ega.
Gadjetga 21 megapikselli kamera va ikkitalik LED chirog‘i o‘rnatilgan.
Vertu Signature Touch For Bentley poytаxt savdo markazlarida 4 million so‘mdan sotilmoqda.
Nomi keltirilgan qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilmalar va ularning narxlari haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.
Izoh (0)