Milliy aviakompaniya joriy yilning 4-martidan boshlab Toshkent—Ostona—Toshkent yo‘nalishida to‘rtinchi muntazam qatnovni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK matbuot xizmati xabar bermoqda.
Parvozlar yakshanba kunlari A320 samolyotlarida quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):
Yakshanba: HY-721 Toshkent 18:10 - Ostona 21:10
Yakshanba: HY-722 Ostona 22:10 - Toshkent 23:10
Hozirda “O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK Ostonaga muntazam yo‘lovchi qatnovlarini haftasiga uch marta dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshirmoqda.
Izoh (0)