15-fevral kuni Rossiya markaziy harbiy okrugi qo‘mondoni general-leytenant Aleksandr Lapin boshchiligidagi harbiy delegatsiya O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rossiya delegatsiyasi vakillari tashrif davomida akademiya tinglovchilari va kursantlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi.
Akademiyaning professor-o‘qituvchilari Rossiyaning Suriyada xalqaro terrorizm bilan kurashish tajribasi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Delegatsiya a’zolari akademiya tarixi va yuqori malakali ofitserlar tayyorlash jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Izoh (0)