2018-yilning 7—16-fevral kunlari Jizzax shahrida O‘zbekiston va Tojikiston hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Oliy darajadagi O‘zbekiston—Tojikiston uchrashuvi arafasida o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida, Davlat chegaralarining qolgan uchastkalaridan o‘tish chizig‘ini belgilash davom ettirildi.
Uchrashuv konstruktiv asosda, do‘stona va iliq muhitda o‘tdi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra bayonnoma imzolandi.
Izoh (0)