Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari An-148 samolyoti halokatga uchragan hududni tekshiruvdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda FVV matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
“Ayni vaqtda hudud uchuvchisiz uchar qurilmalar yordamida tekshirilmoqda, qutqaruvchilar hududda muntazam tekshiruvlarni o‘tkazmoqda. Ular zanjir kabi bir qator bo‘lib olib, butun maydonni diqqat bilan o‘rganmoqda”, — deydi agentlik suhbatdoshi. Uning oydinlik kiritishicha, mazkur ishlar halok bo‘lganlarning jasadlarini va fyuzelyajning barcha qismlarini topish uchun zarur.
FVV ta’kidlashicha, qidiruv zonasi kvadratlarga bo‘lingan holda o‘rganilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi milliy boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Igor Kutrovskiyning ma’lum qilishicha, samolyot qoldiqlari 30 gektar maydonga yoyilib ketgan.
“Hozirda favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etish uchun 780 kishi va 175 ta texnika, jumladan, to‘qqizta uchuvchisiz boshqariladigan qurilma jalb etilgan”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)