London-Siti aeroporti Ikkinchi jahon urushi davridagi bomba aniqlanishi tufayli yopib qo‘yildi. Bu haqdagi ma’lumotni shahar politsiyasi 11-fevral, yakshanba kuni tarqatdi, deya xabar beradi “Izvestiya”.
Nemislarga tegishli bo‘lgani taxmin qilingan bomba Temza daryosidagi ishlar davomida aniqlandi. Aeroportning yagona uchish-qo‘nish maydoni suv havzasi yaqinida joylashgan.
Topilma cababli aeroportning barcha reyslari bekor qilindi.
Izoh (0)