Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreyaga bosimni davom ettiradi, biroq KXDR rasmiylari bilan muzokaralarga tayyor. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens The Washington Post nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“KXDR rasmiylari yadroviy quroldan xoli bo‘lishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirmaguncha ularga o‘tkazilayotgan bosim to‘xtatilmaydi. Aksincha, davom ettiriladi va kuchaytiriladi. Biroq ular muloqotga kirishishni istasa, biz bunga tayyormiz”, — dedi Pens.
Gazetaga ko‘ra, AQSh Pens Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan Pxyonchxanda o‘tkazgan muzokaralardan so‘ng shunday to‘xtamga kelgan.
Izoh (0)