Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Vladimir Puchkov An-148 samolyoti halokatga uchragan joyda qutqaruv operatsiyalarini yakunlanganini ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
“Qutqaruv ishlari yakunlandi. Samolyot bortida bo‘lgan 71 nafar odam halok bo‘lganini tasdiqlaymiz. Vafot etganlarning qarindoshlari va yakunlariga hamdardlik bildiramiz”, — deydi Puchkov.
Eslatib o‘tamiz, “Saratov avialiniyalari” kompaniyasining Moskvadan Orskka yo‘l olgan An-148 yo‘lovchi samolyoti poytaxt viloyatida halokatga uchradi. Havo kemasi bortida 71 kishi — 65 yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Tergov qo‘mitasi “ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga sabab bo‘lgan havo transporti harakatlari qoidalarini buzish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Izoh (0)