Favqulodda holatdagi tezkor bosh shtab vakilining ma’lum qilishicha, Moskva viloyatida halokatga uchragan An-148 samolyotining birinchi “qora quti”si topildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
“Parvozlar parametrini qayd etib boradigan birinchi ‘qora quti’ topildi”, — deydi shtab vakili.
Uning aniqlik kiritishicha, An-148 samolyoti halokatga uchragan joydan topilgan “qora quti” qoniqarli bo‘lgan. Bortdagi ovozlarni yozib oluvchi ikkinchi “qora quti” esa hozircha topilmagan. Uni qidirish ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Saratov avialiniyalari” kompaniyasining Moskvadan Orskka yo‘l olgan An-148 yo‘lovchi samolyoti poytaxt viloyatida halokatga uchragan edi. Havo kemasi bortida 71 kishi — 65 yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Izoh (0)