“Saratov avialiniyalari” kompaniyasining Moskvadan Orskka yo‘l olgan An-148 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda favqulodda xizmatlardagi manba ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.

Foto: “TASS”

“Samolyot Argunovo qishlog‘iga qulagani taxmin qilinmoqda. Ekipaj a’zolari va yo‘lovchilarda tirik qolish imkoniyati bo‘lmagan”, — dedi manba.

An-148 “Domodedovo” aeroportidan parvoz qilganidan so‘ng radarlardan yo‘qoldi. Ekipaj aloqaga chiqmay qo‘ydi.

Havo kemasi bortida 71 kishi — 65 yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Guvohlar ham samolyot Moskva viloyatining Ramenskiy tumaniga qulagani haqida xabar berdi.