AQShda gripp epidemiyasi oqibatida mavsum davomida kamida 63 nafar bola olamdan o‘tdi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
Fox News telekanaliga ko‘ra, faqat bir haftaning o‘zida gripp 16 nafar bolaning umriga zomin bo‘ldi. Infeksiya tarqalgani sababli 11 shtatdagi maktablarda mashg‘ulotlar bekor qilindi.
Mamlakat miqyosida gripp bilan bog‘liq kasalliklar 50 mingdan ortiq kishining hayotiga tajovuz qilishi mumkin. Ekspertlar epidemiya ko‘lami 2009-yilgi cho‘chqa grippi pandemiyasi ko‘rsatkichlariga yaqinlashganini bildirmoqda.
Izoh (0)