Turkiya harbiy kuchlari “Xalq mudofaasi kuchlari” kurdlariga qarshi “Zaytun novdasi” operatsiyasini o‘tkazayotgan Suriyaning Afrin tumaniga chegaradosh bo‘lgan Xatay va Kilis provinsiyalarida turk shaharlarining raketa yordamida o‘qqa tutilishi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, 110 nafardan ko‘proq kishi yaralandi. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimning so‘zlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Hozirgi vaqtga qadar Xatay provinsiyasi bo‘ylab 60 ta, Kilis provinsiyasi bo‘ylab esa 34 ta raketa uchirilgan. O‘qqa tutilish oqibatida yetti nafar fuqaro halok bo‘lgan, 113 kishi yaralangan”, — deydi bosh vazir.
So‘nggi vaqtda Suriya tomondan turk shaharlariga raketa otilishi tez-tez kuzatilmoqda. Bu holat Anqara tomondan 20-yanvar kuni kurd terrorchilik tuzilmalariga qarshi “Zaytun novdasi” operatsiyasi boshlanishi bilan izohlanmoqda.
Izoh (0)