Xitoy politsiyasii Ankan tumanida (Shensi provinsiyasi) internet orqali noqonuniy qurol savdosi bilan shug‘ullangan 53 kishini hibsga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Tergovga qo‘ra, barcha qo‘lga olinganlar bir kriminal guruh a’zosi hisoblanadi. Operatsiya davomida 38 ta o‘qotar qurol va 30 mingga yaqin o‘q-dori musodara etildi.
Jinoyatchilar 2017-yil boshidan beri noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanib kelgani va mamlakatning kamida 20 ta shahrida optik qurilma niqobi ostida qurol sotgani aniqlandi.
Izoh (0)