Kiprning amaldagi rahbari Nikos Anastasiadis prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozondi. Bu haqda mamlakat saylov komissiyasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Anastasiadis saylovchilarning 55,99 foiz ovozini oldi. Uning raqibi, muxolifatdagi Kipr mehnatkash xalqi progressiv partiyasi nomzodi Stavros Malas 44,01 foiz ovoz to‘pladi.
Davlat rahbarining inauguratsiya marosimi 11-fevral, yakshanba kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Izoh (0)