Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida qurilish krani qulab ketishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilish krani 4-fevral kuni ertalab sharqiy Jakartada qulagan.
“Ikki kishi voqea joyida, yana ikki kishi shifoxonada vafot etdi”, — deyiladi xabarda.
Xabarda qayd etilishicha, jabrlanganlar yaqin hududda joylashgan shifoxonalarga joylashtirilgan.
Izoh (0)