Kentukki shtatining (AQSh) Benton shahrida ikki nafar maktab o‘quvchisini otib tashlagan o‘smirga qotillik va qotillikka qasd bo‘yicha ayblovlar e’lon qilinadi. Bu haqda shtat politsiyasi boshlig‘i Richard Sanders ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Hodisa joyiga birinchi bo‘lib otishma yuz bergan maktabda o‘qiyotgan qizidan xavotir olgan huquq-tartibot xodimi yetib kelgani bildirilmoqda.
Kentukki gubernatori Mett Bevinga ko‘ra, otishma oqibatida jami 19 kishi jabrlandi. Ulardan 14 nafariga o‘q uzilgan. 15 yoshli o‘quvchi o‘smir va qiz halok bo‘ldi, 5 kishi og‘ir yaralandi.
Otishmani uyushtirgan 15 yoshli maktab o‘quvchisi voqea joyida qarshiliksiz qo‘lga olindi.
Izoh (0)