Janubiy Koreya hukumati Seulda yoqib yuborilgan KXDRning bayrog‘i va Kim Chen Inning surati uchun kechirim so‘rashi kerak. Bu haqda Shimoliy Koreyaning Moskvadagi elchixonasida ma’lum qilindi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
“Janubiy Koreya hukumati amalga oshirgan siyosiy provokatsiyasi uchun butun millat oldida kechirib so‘rashi, jinoyatchilarni jazoga tortib, bu kabi ko‘ngilsizliklar qaytarilmasligi uchun kerakli choralarni ko‘rishi zarur.
Bu bizning yaxshi niyatimiz va Koreyalararo munosabatlarni yaxshilash bo‘lgan sa’y-harakatimiz ustidan kulish hamda Olimpiya o‘yinlarida “Shimol” va “Janub” o‘rtasidagi qarama-qarshilikni ataylab yuzga keltirish hisoblanadi.
Biz Koreyalararo munosabatlarni qadrlaymiz, biroq o‘taketgan mutaassiblarning zig‘ircha beboshligiga chidash niyatida emasmiz”, — deyiladi KXDR elchixonasining xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 22-yanvar kuni Seul markazida namoyishchilar KXDRning Pxyonchxandagi Olimpiadada ishtirokiga qarshilik belgisi sifatida uning bayrog‘i va mamlakat yetakchisi Kim Chen In suratiga o‘t qo‘ygandi.
Izoh (0)