Isroilning BMTdagi doimiy vakili Aviva Raz-Shexter xalqaro tashkilot Inson huquqlari kengashini Falastin bilan bog‘liq vaziyatga noxolis yondashishda aybladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Kengashda Isroilning kamsitilishi, ko‘pchilik a’zolar tomonidan muntazam ravishda bir tomonlama rezolyutsiyalar qabul qilinishi odatiy tus oldi. Bu nafaqat Isroil bilan adolatsiz munosabat, balki kengash ishidagi nomuvofiqliklardan ham dalolat bermoqda”, — dedi diplomat.
Raz-Shexter Isroil falastinliklar bilan munosabatlarni birinchi galdagi masala sifatida ko‘rishi va ikki xalqqa ham tinch-totuv yashash imkonini beradigan yechimlarni qidirishi ma’lum qilindi.
Izoh (0)