Fortune jurnali dunyoning eng obro‘li kompaniyalari ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Uni tuzish uchun 3 mingdan ortiq top-menejer, tahlilchi va ekspert so‘rov qilindi. Ro‘yxatdagi birinchi o‘nta o‘rinni AQSh kompaniyalari egalladi.
Nashrga ko‘ra, Apple dunyodagi eng obro‘li kompaniya deb topildi. Ikkinchi o‘rinni Amazon, keyingi o‘rinlarni Alphabet (Google bosh kompaniyasi), Berkshire Hathaway va Starbucks egalladi.
Netflix o‘n birinchi, Facebook esa o‘n ikkinchi o‘rinda qayd etildi.
AQShga mansub bo‘lmagan kompaniyalar orasida eng yuqori — 14-o‘rinni BMW band etdi.
Izoh (0)