Havaskor bokschilar xalqaro assotsiatsiyasi 2019-yilgi Jahon Chempionati mezbonligini Rossiyaga taqdim etdi. Shu tariqa jahonning eng oldi bokschilari Sochida jam bo‘lishi masalasi hal etildi.
AIBA yig‘ilishiga Italiya poytaxti Rim mezbonlik qilgandi. Aynan shu yig‘ilishda Rossiya boks federatsiyasining taklifi qanoatlantirildi. Shuningdek, shu yilning 1—4-noyabr kunlari AIBA o‘zining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasini Moskvada o‘tkazadigan bo‘ldi. Unda tashkilotga yangi prezident saylanadi.
Ayni vaqtda AIBA’ni vaqtincha prezidenti sifatida Franko Falchinelli boshqarib turibdi. U amaldagi prezidenti Ching Kuo Vu chetlatilgach, tashkilot tepasiga kelgandi. Falchinelli rahbarlik qilgan davrda Rossiya boks federatsiyasi Jahon Chempionati mezbonligiga ega chiqdi.
Boks bo‘yicha Jahon Chempionati har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. 2017-yilgi musobaqaga Germaniyaning Gamburg shahri mezbonlik qilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida Kubadan keyin ikkinchi bo‘lgandi.
Izoh (0)