Toshkentning “Bunyodkor” va “Lokomotiv” futbol klublari o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi finali arafasida uchrashuv bo‘lib o‘tadigan “Bunyodkor” stadioni oldida minglab muxlislar to‘plandi. Jarayon videosi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.
Qisqa videoda G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘i darvozalaridan to stadion ostonasigacha bo‘lgan hudud muxlislar bilan to‘lgani, stadion oldi gavjum bo‘lgani sabab, Cho‘ponota ko‘chasining o‘yingoh oldidan o‘tgan qismida transport harakati cheklanganini ko‘rish mumkin.
“Bunyodkor” va “Lokomotiv” o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi final uchrashuvi 4-dekabr, dushanba kuni Toshkent vaqti bilan 15:00 da boshlandi. Stadionning aksariyat sektorlari muxlislar bilan to‘lgan.
Avvalroq “Bunyodkor” stadioni atrofidagi chorrahalarda tirbandliklar yuzaga kelgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)