Krasnaya Polyana tog‘ yonbag‘irlaridagi jihozlangan trassalardan tashqarida harakatlangan snoubordchi halok bo‘ldi. Bu haqda favqulodda xizmatlardagi manba ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
“U na trassa, na boshqa joy, umuman kerak bo‘lmagan yerga bordi va halok bo‘ldi”, — dedi manba.
Qutqaruv operatsiyasida “Roza Xutor” kurorti chang‘i patruli ishtirok etgani bildirilmoqda.
Izoh (0)