O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida 16-yanvar kuni katta yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Unda tashkiliy masalalar ko‘rilishi kutilmoqda.
Yig‘ilishda qatnashayotgan “Daryo” muxbirining ma’lum qilishicha, Milliy olimpiya qo‘mita rahbarida o‘zgarish bo‘lishi mumkin.
Taxminlarga ko‘ra, ayni vaqtda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasiga rahbarlik qilib kelayotgan Umid Ahmadjonov Alisher Sultonov o‘rniga MOQ raisi etib saylanishi mumkin.
Agar Umid Ahmadjonov MOQ rahbarligiga tasdiqlanadigan bo‘lsa, u bir vaqtning o‘zida O‘FFga ham prezidentlik qilishda davom etadimi-yo‘qmi yoki futbol federatsiyasidan ketadimi — bu masala hozircha noaniq.
Izoh (0)