Rossiyaning Beloyarskiy shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha “Neft mamlakatlari kubogi” davom etmoqda.
64 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Iqboljon Xoldorov hal qiluvchi bahsda rossiyalik Grigoriy Lizunenko bilan kuch sinashdi.
Qiziqarli o‘tgan to‘qnashuvda Iqboljon rossiyalik raqibidan mag‘lub bo‘ldi, deb xabar berdi “Sports.uz”
Shunday qilib, Gambrurgda o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionati kumush medali sohibi Iqboljon terma jamoa hisobiga ikkinchi medalni olib keldi.
75 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Isroil Madrimov rossiyalik sportchi Andrey Kovalchuk bilan kuch sinashdi va mag‘lubiyatga uchradi.
Shu tariqa Isroil Madrimov terma jamoa hisobiga uchinchi medalni keltirdi.
Izoh (0)