Namangan shahridagi futbolga ixtisoslashtirilgan 15-davlat maktab-internatida yangi barpo etilgan mini-futbol stadioni foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, “Stadion stroy” xususiy korxonasi tomonidan qurilgan mini-stadion taniqli futbolchi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedovning beg‘araz homiyligida barpo etilgan.
Men ham futbol bo‘yicha ilk saboqni shu maktab-internatda olganman. Sportda erishgan yutuqlarimda bu yerdagi ustoz-murabbiylarning xizmatlari katta. Futbolimizning kelajagi shu kabi boshlang‘ich sport maktablarida o‘qiyotgan ukalarimizga bog‘liq. Ishonaman, bunday maktablardan kelgusida milliy futbolimizning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltiradigan yoshlar yetishib chiqadi.Odil Ahmedov, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori
Marosimda Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov so‘zga chiqqan. Tadbirda maktab-internat tarbiyalanuvchilari uchun Odil Ahmedovning to‘p va sport kiyimlaridan iborat sovg‘alari topshirildi.
Izoh (0)