Toshkent vaqti bilan 13:00 da O‘zbekiston U23 terma jamoasi Ummonga qarshi saf tortadi.
Xitoy mezbonlik qilayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida bugun — 15-yanvar kuni “A” guruhi bellashuvlariga yakun yasaladi. O‘zbekistonliklar bilan bir vaqtda Xitoy va Qatar termalari parallel o‘yinda o‘zaro raqobat hosil qiladi.
Bir necha daqiqa oldin Ravshan Haydarov O‘zbekiston termasining Ummonga qarshi o‘ynaydigan tarkibini e’lon qildi:
O‘zbekiston U23: Botirali Ergashev — Abbos Otaxonov, Rustam Ashurmatov, Doston Tursunov, Hojiakbar Alijonov, Odil Hamrobekov, Aziz G‘aniyev, Bobir Abdiholiqov, Javohir Siddiqov, Doniyor Narzullayev, Zabixillo O‘rinboyev.
O‘zbekistonlik futbolchilar bunga qadar Qatardan 0:1 hisobida yengilgan bo‘lsa, Xitoyni 1:0 hisobida taslim qilgandi. Bugungi bellashuvlar termaning kelgusi taqdiriga oydinlik kiritib beradi. Qayd etish kerak, O‘FF Ravshan Haydarov oldiga chempionlik vazifasini qo‘ygan.
Izoh (0)