Amerikalik prodyuser Xarvi Vaynshteynning o‘z nomi bilan ataluvchi kompaniyasi yaqin vaqt ichida 500 million dollarga sotilishi mumkin, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Bu summaning yarmi Weinstein Co qarzlari uchun javobgarlikni qabul qiluvchi hisob raqamga o‘tadi. Xabarga ko‘ra, kompaniyani qo‘llab-quvvatlash va xarajatlarni to‘lashni, shuningdek, yuridik ishlar bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olganda kompaniyaning ayni paytdagi egalari hech qanday daromad olmaydi.
Oktabr oyida AQShda bir qator aktrisalar, xususan, Anjelina Joli va Gvinet Petrou prodyuser Xarvi Vaynshteynni jinsiy tegajoqlikda ayblagan. Shundan so‘ng u o‘zi asos solgan kompaniyadan bo‘shatilgan va bir qator kasbiy jamiyatlardan chetlatilgan.
Izoh (0)