Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida qor ko‘chkisi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, rasmiy manbalarga asoslanib, Hindustan Times nashri xabar bermoqda.
“RIA Novosti”ning yozishicha, hodisa shtatning shimoliy Kupvara okrugida, 5-yanvar kuni oqshomda yuz bergan.
Halok bo‘lganlar orasida bolalar borligi aytilmoqda.
Ko‘chki ostida qolganlar qutqarish ishlariga politsiya, armiya va mahalliy aholi jalb etilgan. Hozircha ikki kishi qutqarilgan.
Izoh (0)