Braziliya prezidenti Mishel Temer federal politsiyadan 50 savol oldi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
Temer mamlakat Oliy sudi ishlab chiqqan savollarga korrupsiya bo‘yicha navbatdagi ish doirasida javob berishi lozim.
Mazkur ish hozircha dastlabki tekshiruv bosqichida bo‘lib, u davlat rahbarining Braziliya portlarini boshqarishni soddalashtirish bo‘yicha farmoniga taalluqli.
Tergovchilar Temer ushbu hujjatni Rodrimar logistika kompaniyasi manfaatlarini ko‘zlab imzolagan bo‘lishi mumkinligini gumon qilmoqda.
Izoh (0)