Xitoy janubi-g‘arbida qurilayotgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasi tayanchining qulashi oqibatida to‘rt ishchi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Sinxua” axborot agentligi xabariga ko‘ra, hodisa Yunnan viloyatining Malipo nohiyasida yuz bergan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, to‘rt kishining barchasi voqea joyida til tortmay halok bo‘lgan.
Baxtsiz hodisa yuz bergan hududda avariya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ish olib borilmoqda, politsiya voqea sabablarini o‘rganishga kirishgan.
Izoh (0)