Federal qidiruv byurosi (FQB) Klintonlar fondiga nisbatan tekshiruv boshladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Tekshiruv fondga xayriya mablag‘lari o‘tkazilishi evaziga Klintonlar ularning egalariga siyosiy ko‘mak bergan-bermaganligiga aniqlik kiritishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, fondning soliq solinmaydigan aktivlari shaxsiy hisob-raqamlariga o‘tkazilgani yoki siyosiy maqsadlarda foydalanilgani ham o‘rganiladi.
FQB agentlari mazkur ish doirasida kamida bir guvohni so‘roq qilgani va yaqin haftalar mobaynida byuro bu borada qo‘shimcha choralar ko‘rishi bildirilmoqda.
Klintonlar oilasi fondi 2001-yilda tashkil etilgan va shu paytga qadar milliardlab dollarni jalb etgan. Prezident Tramp 2016-yilgi saylov kampaniyasidagi raqibi Hillari Klintonni ushbu fondga xayriya qilgan davlatlarga (ular qatorida Saudiya Arabistoni ham bor) xizmatlar ko‘rsatib kelganlikda ayblagan edi.
Izoh (0)