5-yanvar kuni Meksika shimoli-g‘arbidagi Xalisko shtatida mikroavtobus ko‘prikdan uncha katta bo‘lmagan suv havzasiga qulab ketdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, avtobus Autlan va El-Grulo shaharlari o‘rtasidagi trassaning 13-kilometrida joylashgan ko‘prikdan pastga qulagan. Transport vositasi ichida ishchilar bo‘lgan.
YTH oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, yana yetti kishi jarohatlangan.
Izoh (0)