Afg‘oniston poytaxtida 4-yanvar, payshanba kuni ro‘y bergan portlashda kamida 20 kishi halok bo‘ldi, yana 30 kishi jarohatlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Avvalroq 15 kishining vafot etgani va 20 kishining yaralangani haqida xabar berilgan edi.
Qayd etilishicha, xudkush terrorchi politsiya posti yaqinida o‘zini portlatib yuborgan.
Terakt javobgarligini IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)