Fransiya prezidenti Emmanuel Makron joriy yil noyabrida Parijga 80 dan ortiq davlat va hukumat rahbarini taklif etish niyatida ekanligini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Yelisey saroyida fransuz diplomatlari oldidagi chiqishi chog‘ida Makron 2018-yili dunyo muhim sana — Birinchi jahon urushi yakunlanganligining 100 yilligini nishonlanishini eslatib o‘tdi.
“Parijga 2018-yili 11-noyabrda o‘tkaziladigan memorial marosimga 80 dan ortiq davlat va hukumat rahbarini taklif etaman. Dunyo tarixidagi mazkur davrni yodda saqlash — har birimizning muqaddas burchimiz.
Izoh (0)