BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolari 5-yanvar, juma kuni Erondagi vaziyatni muhokama qiladi. Ta’kidlanishicha, u ochiq tarzda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qozog‘istonning BMTdagi doimiy vakiliga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Qozog‘iston yanvar oyida Xavfsizlik Kengashining vakil mamlakati hisoblanadi. G‘arb OAVlarining ma’lum qilishicha, yig‘ilishning o‘tkazilishiga AQSh tashabbus ko‘rsatmoqda.
Avvalroq, Amerikaning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli AQSh Erondagi hodisalar tufayli Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik kengashi va Jenevada BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining maxsus yig‘ilishini chaqirishini ma’lum qilgandi.
Eronda o‘tgan hafta norozilik aksiyalari boshlangan bo‘lib, uning ishtirokchilari mamlakatdagi og‘ir iqtisodiy vaziyatga, shuningdek, mamlakat rahbariyatiga qarshi namoyishlar o‘tkazmoqda. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy fuqarolarni tinchlanishga chaqirdi.
Izoh (0)