Toshkent markazida, Beshyog‘och dahasi yaqinida Humo Arena ko‘p tarmoqli muz saroyini qurish ishlari davom etmoqda. Facebook’dagi Humo Arena sahifasida saroy qurilishining 2017 yil boshidan to dekabrigacha bo‘lgan jarayoni aks etgan video e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun, 2017-yil fevralida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muz saroyining qurilishini borib ko‘rgan va qurilishni yuqori sifatda amalga oshirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar bergan edi.
Reja bo‘yicha, muz saroyi 2018-yil 31-dekabrigacha foydalanishga topshirilishi kerak. Qurilish yakuniga yetgach, saroy quyidagicha ko‘rinish olishi kutilmoqda:
Izoh (0)