Indoneziya poytaxti Jakartada 6 mingga yaqin kishi Trampning Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olish haqidagi qaroriga norozilik bildirish uchun AQSh elchixonasi yaqinida to‘plandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Namoyishchilarni Indoneziya muxolifati koalitsiyasiga kiruvchi “Taraqqiyot va adolat” partiyasi vakillari boshqargani bildirilmoqda.
“Biz mazkur qarorni qabul qilmasligimz va qarshi ekanligimizni ko‘rsatish uchun to‘plandik. Dunyodagi aksariyat odamlar Trampning bayonotlariga qo‘shilmaydi, deb hisoblaymiz”, — ta’kidladi partiya vakillari.
Izoh (0)